U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Sport
−
16 may 2023
4269Osiyo futbol konfederatsiyasi U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlariga mezbonlik qiladigan davlatlarining nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra o‘zi o‘rin oladigan guruh uchrashuvlariga mezbonlik qiladi.
O‘yinlar joriy yilning 4-12 sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mezbon mamlakatlar:
• Bahrayn;
• Xitoy;
• Indoneziya;
• Iordaniya;
• Koreya Respublikasi;
• Quvayt;
• Saudiya Arabistoni;
• Tojikiston;
• Tailand;
• O‘zbekiston;
• Vetnam.
Saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 25 may kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Musobaqaning final bosqichi 2024 yili Qatarda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi