U-20 O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqdi

Sport

image

Bugun, 11 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining chorak final o‘yinlari o‘tkazildi.

Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi chorak finalda Avstraliya vakillari bilan kuch sinashdi. O‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda ham hisob o‘zgarmagach, hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif qildi.

Penaltilar seriyasida mezbonlar 5:4 hisobida zafar quchib, keyingi bosqich, shuningdek, joriy yil Indoneziya mezbonlik qiladigan Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Osiyo Kubogi U-20 | 1/4 final

O‘zbekiston 1:1 Avstraliya

Gollar: Abdurahmatov 79ʼ - Popovich 77ʼ.

Penaltilar bo‘yicha - 5:4


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing