U-20 O‘zbekiston mundial yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreya bilan to‘qnashadi
Sport
−
20 fevral
7181Ayni kunlarda Xitoy yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan U-20 Osiyo kubogida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqish uchun Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Koreyslar “D” guruhi 3-turida Yaponiya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekib, guruh g‘olibi sifatida chorak finalga yo‘l oldi. “C” guruhi 3-turida Eronga mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi 2-o‘rin bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ustun kelgan Eron esa chorak finalda Yaponiya bilan to‘qnash keladi. Chorak finalda g‘olib bo‘lgan jamoalar keyingi yil Chilida o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘yini 23 fevral kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da start oladi.
LiveBarchasi