Tyan Valeriy Nikolayevich “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Tyan Valeriy Nikolayevich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tyan Valeriy Nikolayevich davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatda keng ko‘lamli islohotlarni izchil amalga oshirishdagi faol ishtiroki, xususan, fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, shuningdek, O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasidagi xizmatlari bilan e’tirof etilgan.

U yosh avlodni vatanga muhabbat, sadoqat hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan ham alohida ajralib turishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan inklyuziv filmlar xalqaro festivalida “Qadam. Quyosh bolasi Yusuf” qisqa metrajli filmi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin – gran-prini qo‘lga kiritgani uchun film ijodkorlari “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Tyan Valeriy Nikolaevich “Shuhrat” medal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing