Twitter foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari AQSH rasmiylari uchun ochiq – Ilon Mask
Olam
−
17 aprel 2023
3688Twitter egasi Ilon Mask “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida AQSH rasmiylari platforma foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari va yozishmalarini kuzatish imkoniyatiga ega ekanini aytdi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mask o‘zining platformasida hukumat rasmiylarining foydalanuvchilar shaxsiy ma’lumotlari va yozishmalarini kuzatish imkoniyatiga egaligini bilganidan hayratda ekanini ta’kidlagan.
“Davlat idoralarining Twitter'da sodir bo‘layotgan voqealarni qanchalik samarali tarzda kuzata olish imkoni borligi meni hayratda qoldirdi. Bundan bexabar edim”, deydi Mask “Fox News”ga bergan intervyusida.
Jurnalist Taker Karlsonning “Bu foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalarini ham o‘z ichiga oladimi?” qabilida bergan savoliga milliarder “Ha” deb javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Twitter'da ommaviy tarzda ishchi kuchini qisqartirgandi. Shuningdek, u o‘zini tanqid qilgani uchun bloklab qo‘ygan bir necha jurnalistning Twitter'dagi akkauntini qayta tiklashi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi