Twitter’da jurnalistlarning bloklangan akkaunti tiklanishi mumkin

Texnologiya

image

Xabaringiz bor, Ilon Mask o‘zini tanqid qilgan bir necha taniqli jurnalistning Twitter'dagi akkauntini to‘xtatib qo‘ygan edi. Ammo endilikda ularning akkauntlari tiklanishi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Twitter’dagi hozirgi harakatlar ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi va BMT jurnalistlar sahifasining bloklanishini qoralangan.

“OAV erkinligi o‘yinchoq emas. Erkin matbuot demokratik jamiyatlarning tamal toshi va zararli dezinformatsiyaga qarshi kurashda asosiy vositadir”, degan BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Melissa Fleming.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi komissari Vera Yourova ham Twitter’dan Yevropaning yangi raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni doirasida ommaviy axborot vositalari erkinligi va asosiy huquqlarni hurmat qilishni talab qilgan hamda ijtimoiy tarmoqqa sanksiyalar joriy qilish bilan tahdid qilgan.

Ma’lumot uchun, Maskning Twitter boshqaruviga kelishi kompaniyada bir nechta tartibsizlikni keltirib chiqargan edi. U ijtimoiy tarmoqni xarid qilishi bilan top-menejerlarni ishdan bo‘shatgan va o‘rniga boshqalarni tayinlagan. Bundan tashqari, kompaniya ishchilari 50 foizga qisqartirilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing