Tuzi ko‘p ovqatlar immunitetni tushirib yuborishi aniqlandi
Salomatlik
−
26 mart 2020
5186Tuzi ko‘p ovqatlarga haddan tashqari ishtiyoq tananing immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu uning turli bakterial infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini sezilarli darajada kamaytiradi. Nemis olimlarining ushbu xulosasi “Science Translation Medicine” ilmiy jurnalida chop etildi.
Olib borilgan oldingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tuzni ko‘p iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortishi va mushaklarning aqliy harakatini pasayishiga olib keladi. Bonn universiteti professori Kristian Kurs boshchiligidagi nemis olimlari ko‘p miqdorda tuz bilan parhez qilish tananing bakterial infeksiyalarga, xususan, buyrakda eng ko‘p uchraydigan piyelonefritga sezuvchanligini aniqlashga qaror qildi. Bakterial infeksiya bo‘lmish piyelonefritni Escherichia coli ichak tayoqchalari chaqiradi.
Olimlar tadqiqotning birinchi qismini ko‘p miqdorda tuz bilan oziqlangan sichqonlar ustida olib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, bu holat hayvonlarda piyelonefritga moyillikni oshirgan. Keyingi tajribalar odamlar ustida olib borildi. Hafta davomida ularning taomiga 6 grammdan tuz qo‘shib borildi.
Hafta oxirida olimlar barcha ishtirokchilardan qon namunalarini olishdi. Mutaxassislar immunitet hujayralarining bir turiga - tanani bakteriyalardan himoya qiladigan granulotsitlarga alohida e’tibor berdi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, tuz miqdori yuqori bo‘lgan parhezga rioya qilgan odamlarda granulotsitlar o‘z funksiyalarini yomonlashtirgan. Bu, o‘z navbatida, tananing turli bakterial infeksiyalarga qarshi turish qobiliyatini kamaytiradi.
LiveBarchasi