Tuz va uksusli suvda og‘izni chaysa, koronavirus “o‘ladi”mi?

Foydali

image
Andijonda 14 kishida koronavirus aniqlandimi? north_east

Andijonda 14 kishida koronavirus aniqlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga aloqador turli xil xabarlar tarqalmoqda.  Ularning ba’zilari haqiqat bo‘lsa, yana ayrimlari esa haqiqatdan butunlay yiroq. Xususan, “Koronavirus o‘pkaga o‘tishidan avval, tomoqda 4 kungacha saqlanib turadi, shu paytda yo‘tal va tomoq og‘riq boshlanadi. Agar shu davrda ko‘p suv ichilsa, tuz va uksusli suvda tomoq chayqalsa, virus yo‘qoladi” mazmunidagi xabar hozirda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bu usullar kasallikni davolamasligi, balki salbiy oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasiga xos klinik belgilardan biri quruq yo‘tal xisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘ini doimo xo‘llab turish organizm uchun juda foydali. Chunki og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatdan iborat bo‘lib, suyuqlik ichishi xisobiga doimo nam xolatda bo‘lishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining tashqi muxitdan ta’sir qilayotgan mikroorganizmlardan, shu jumladan koronavirusdan ximoya qiladigan qobiq sifatida ta’sir ko‘rsatadi.

Tuz va uksusli suv yuqorida aytib o‘tilganidek, og‘iz shilliq qavati butunligini buzulishiga va oqibatda turli-xil kasalliklarni og‘iz orqali yuqishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 609 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus infektsiya

Baholaganlar

199

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing