Germaniya termasidan quvilgan futbolchi Turkiyada o‘ynamoqchi
Sport
−
10 iyul 2019
4666Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil o‘z faoliyatini Turkiyaning “Fenerbaxche” klubida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, turklar futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi. Ammo, Londonliklar uni to‘liq sotib yuborishni xohlamoqda. O‘zilning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2018 yilning yozida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng yakunlagan edi. Uning bu qarorga kelishiga mundialgacha O‘zilning Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganini nemis muxlislari va Germaniya futbol ittifoqi rahbariyatining keskin tanqid qilgani sabab bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil joriy yilning 7 iyun kuni o‘z to‘yini Istanbul shahrida o‘tkazgan edi. To‘yda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ishtirok etib, guvohlik qilgani haqida xabar bergan edik.
Mesut O‘zil Londonning “Arsenal” klubi safida 2013 yilning yozidan buyon harakat qilmoqda. O‘tgan mavsum futbolchi klub safida Premer ligada 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan va 3 ta golga pas bergan edi.