To‘rtko‘lda tarbiyachi 10 yashar qizchaga tarsaki tushirdi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi internat tarbiyachisi yosh bolaga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Bildirilishicha, videodagi voqea 2023 yilning oktabr oyida To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab internati tarbiyachisi D.M. tomonidan 2013 yilda tug‘ilgan S.M. ga nisbatan sodir etilgan.

“Internat shaklidagi maktablarda tahsil olayotgan bolalar tarbiyachilarining yanada ko‘proq e’tibori va g‘amxo‘rligiga muhtoj bo‘lsa-da, aynan ana shu vazifa yuklatilgan insonlarning o‘zi bolaga bunday nomaqbul munosabatda bo‘lishini hech qanday holatda oqlab bo‘lmaydi. Bunday faktlarga nisbatan mutlaqo murosasiz bo‘lib, bu kabi harakatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qat’iy ravishda qonun doirasidagi javobgarlikka tortilishi shart!”, deydi Bolalar ombudsmani.

Ma’lumot uchun, hozirda mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bog‘chada tarbiyachi bolakayni urgani aks etgan video tarqalgandi.

 Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qoraqalpog'iston Respublikasi tarbiyachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing