Qariyb 7 mlrd so‘mlik mineral o‘g‘it o‘g‘rilari ushlandi
3-sahifa
−
01 iyun 4735 2 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida qariyb 7 milliard so‘mlik mineral o‘g‘itni talon-toroj qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “E.V.” MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan 4,3 milliard so‘mlik 1 473 tonna ammiakli selitra va 790,6 million so‘mlik 276 tonna ammoniy sulfat mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi holat Xorazm viloyatida ham fosh etilgan. Departamentning Xorazm viloyatidagi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “A.B.” MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 376,4 million so‘mlik 126 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Yana xabar qilinishicha, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi "B.T." MCHJ mas’ul shaxslari ham “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan 760,1 million so‘mlik 255 tonna ammiakli selitra va umumiy bahosi 272,1 million so‘mlik 95 tonna sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Z.M." MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 200,7 million so‘mlik 67,4 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida alkogol ishlab chiqaruvchi tadbirkorning 2 milliard so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etilgan edi.
Live
Barchasi