Chirchiqda bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan tarbiyachi ishdan olindi
3-sahifa
−
12 fevral
7139Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bog‘chada tarbiyachi bolakayni urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, voqea 8 fevral kuni Chirchiq shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. Bog‘cha tarbiyachisi oilaviy sabablarga ko‘ra, asabiy holatda bo‘lgan. Shu sababli, tushlik vaqtida uxlay olmay yig‘layotgan bolaga bir necha bor qattiq baqirgan, so‘ng uni urib, hojatxonaga qamab qo‘ygan.
Ushbu voqea aks etgan kamera yozuvlari tarmoqlarda tarqalgandan keyin, mazkur tarbiyachi Mehnat kodeksining 161-moddasining 5-bandi (xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilish) asosida lavozimidan ozod etilgan.
"Hozirda mazkur vaziyat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan", deyiladi Bolalar ombudsmanining xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan bog‘chalardan birida tarbiyachi bolaga shippak otgani va oqibatda unda qonli gematoma paydo bo‘lgani haqida aytilgandi.
LiveBarchasi