To‘rt viloyatda bo‘rondan keyin 140 mingga yaqin xonadon gazsiz qoldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 aprel kuni kechqurun Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa ob’ektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

“Shofirkon-1”, “Shofirkon-2”, “Peshku-1”, “Peshku-2”, “Romitan-2”, “Romitan-3”, “Romitan-4”, “Jondor-1”, “Izvestkovыy”, “G‘ijduvon”, “Shofirkon-2” kabi gaz taqsimlash stansiyalari (GRS) va “G‘ijduvon”, “Olot” va “Qorako‘l” kabi yo‘nalishlar favqulodda o‘chirilgan.

138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan. Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkan, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. 

“Hududgazta’minot” AJning hududlardagi tarkibiy bo‘linmalarining tezkor tiklash guruhlari tabiiy ofat sababli zarar yetgan joylarda ta’mirlash ishlarini boshlab yuborishgan. Hududlar kesimida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.

Avvalroq, Turkmaniston Respublikasi hududidan kuchli shamol kirib kelib, O‘zbekistonning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 9-40 m/sek  tezlikda shamol esishi kuzatilgani haqida xabar bergan edik. Natijada 30 kishi jarohatlangan va bir kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Buxoro bo'ron

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing