To‘rt mamlakat Xitoy “yaratgan muammolar”ga qarshi turmoqchi

Olam

image

Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari Jan-Iv Le Drian, Xayko Maas va Dominik Raab hamda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tomonidan yuzaga kelayotgan global muammolarga qarshi birgalikda ishlashga kelishib oldi. Bu haqda kecha, 18 fevral kuni Parijda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha chiqarilgan bayonotda aytilgan. 

Qayd etilishicha, AQSH Davlat kotibi munozaralarda videoaloqa orqali ishtirok etgan. 

"Vazirlar Xitoy tomonidan yuzaga kelayotgan global muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘z harakatlarini yaqindan muvofiqlashtirishga kelishib oldi, shuningdek, bir qator masalalarda, jumladan, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladi", deyilgan bayonotda. 

Qanday muammolar muhokamasi haqida gap ketayotganiga esa aniqlik kiritilmagan. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp davrida Amerika Xitoyga qarshi tura oladigan xalqaro koalitsiya tuzishni xohlagan edi. Buni AQSHning sobiq Davlat kotibi Maykl Pompeo e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Frantsiya Xitoy

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing