To‘rt kunlik Yangi yilni deb qariyb 200 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
03 yanvar
21348Tailandda to‘rt kunlik Yangi yil bayramlari ortidan 1570 ta baxtsiz hodisa oqibatida 190 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda kecha, 2 yanvar kuni “Naewna” gazetasi ma’lum qildi.
Eng ko‘p mudhish voqealar mamlakatning Kanchanaburi provinsiyasida sodir bo‘lgan. Poytaxt Bangkokda ham halok bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.
Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish departamenti bosh direktori doktor Thongchai Keyeratihatthayakorn yangi yilning birinchi kunida 419 ta baxtsiz hodisa, 422 ta jarohat va 62 kishi halok bo‘lganini aytgan.
Baxtsiz hodisalarning asosiy sababi tezlikni oshirish (39,14%), mast holda transport vositasini boshqarish (30,55%) oqibatida yuzaga kelgan.
Avvariyalarning aksariyati mototsikllar ishtirokida sodir bo‘lgan – 86,51%.
Ko‘pgina baxtsiz hodisalar to‘g‘ri yo‘llarda – 85,44%, avtomobil yo‘llarida – 39,86%, tuman va qishloq chorrahalarida – 33,17% kuzatilgan.
Ularning 10,26 foizi soat 12.01 dan 01.00 gacha yuz bergan.
Bundan tashqari, eng ko‘p qurbonlar 20-29 yosh oralig‘idagi fuqarolar bo‘lib, ular halok bo‘lganlarning 17,36 foizini tashkil etadi.
To‘rt kunlik Yangi yil bayramlarida (2023 yil 29 dekabr - 2024 yil 1 yanvar) eng ko‘p jamlangan yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan viloyat Kanchanaburi bo‘lib, 57 kishi vafot etgan, jami jarohatlar soni 56 kishiga yetgan. Bangkokda esa vafot etganlar soni 13 taga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar Ukraina poytaxti Kiyevda motam kuni e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi