Kiyevda motam kuni e’lon qilindi

Olam

image

Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina poytaxtida bir kunlik motam kuni e’lon qilinishini bildirdi. Bu haqda "24 kanal" xabar berdi.

Uning aytishicha, Kiyevda 29 dekabr, juma kuni Rossiya bosqinchilarining yirik raketa hujumlaridan keyin qurbonlar soni ortgan.

"29 dekabr kuni poytaxtga qilingan hujumda tinch aholi o‘limi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Shevchenko tumanidagi ombor binosi vayronalari ostidan hozirga qadar 16 nafar jasad topildi", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida. Kiyev meri shu boisdan ham 1 yanvar Ukraina poytaxtida motam kuni bo‘lishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning ko‘plab raketalari va uchuvchisiz uchoqlari hujumiga uchragan Zaporoje, Dnepr va Odessa shaharlarida ham 2024 yilning birinchi kunida motam marosimlari o‘tkazilishi xabar qilingan. Ayni paytda hujum qurbonlarining umumiy soni 39 ga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina urush motam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing