To‘rt davlat Prezidentlari Ukrainaga yo‘l oldi

Olam

image

Polsha, Litva, Latviya va Estoniya Prezidentlari Anjey Duda, Gitanas Nauseda, Egils Levits va Alar Karis Kiyevga jo‘nab ketdi. Bu haqda Nauseda Twitter’da ma’lum qilgan.  

“Biz Kiyevga siyosiy qo‘llab-quvvatlash va harbiy yordam haqida qat’iy xabar bilan boryapmiz. Litva Ukrainaning suverenitet va erkinlik uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Birgalikda g‘alaba sari!” deyiladi postda. 

Qayd etilishicha, Kiyevda yetakchilar Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Yig‘ilishda Ukraina armiyasi va tinch aholiga yordam ko‘rsatish, shuningdek, aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida harbiy jinoyatlarni tergov qilish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprel kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Kiyevga tashrif buyurgandi. 

Shuningdek, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainaning Bucha shahriga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing