Turnirdan turnirga yoxud Abdusattorov nufuzli musobaqada ishtirok etadi
Sport
−
25 dekabr 2022 7401 1 daqiqa
17-24 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha grossmeyster Vugar Gashimov xotira turnirida chempion bo‘lgan O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov yana bir xalqaro turnirda ishtirok etadi.
25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlarida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Abdusattorov boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi ham qatnashadi.
Ma’lumot uchun, shaxmat mundialining sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust