Turmush o‘rtog‘ining avtomobiliga stiker olish uchun ishonchnoma shartmi?
Jamiyat
−
08 aprel 2020 6395 2 daqiqa
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)larsiz avtomobil boshqarish taqiqlandi.
DXMdan ruxsatnoma olish esa mash-mashalarsiz bo‘lmayapti. Xususan er-xotinning birgalikda boshqaradigan avtomobillarga stiker olishda muammolar yuzaga kegan. Adliya vazirligiga quyidagicha savol kelib tushdi:
Turmush o‘rtog‘im nomimdagi avtomashinani boshqarib keladi. Oldin mening ishonchnomam talab qilinmas edi. Lekin stiker olishda DXA mening ishonchnomam bo‘lmaganligi sababli rad etdi. Aytingchi, stiker olishda ishonchnoma talab kilinadimi?
Bu savolga Adliya vazirligi mas’ul xodimi G‘aybullo Primov javob qaytardi.
“O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5816-son farmoniga asosan 2019 yil 1 oktyabrdan — transport vositasini boshqarishda shaxslarningya qin qarindoshlari, ya’ni er-xotin, ota-ona, bolalar, aka-uka, opa singillar o‘rtasida ishonchnomani majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilingandi.
Bu holatda stiker olish uchun nikoh guvohnomasini tizimga biriktirishingiz yetarli hisoblanadi. Ishonchnoma shart emas. Agar ishonchnoma olaman desangiz bu bo‘yicha hech qanday to‘siq yo‘q”, deya javob qaytardi G‘aybullo Primov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 534 nafarga yetdi. Ularning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Live
Barchasi