Turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi – Bosh prokuratura
Jamiyat
−
13 noyabr 2019
7992Kecha, 12 noyabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida er o‘zaro janjal natijasida avval turmush o‘rtog‘ini o‘ldirdi so‘ng, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
12 noyabr kuni soat 00:10 larda Oqdaryo tumani “Boshdarxon” mahallasida yashagan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi Hamid T. (1986 y.t.) uy bekasi bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Dilorom V. (1994 y.t.) bilan janjallashib qolgan. Janjal vaqtida xotinini ko‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi