Yigit qabristonda avval sevgilisini, keyin o‘zini pichoqladi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
14947Qoraqalpog‘istonda yigit sevgilisini pichoqlab o‘ldirganligi haqida turli mish-mish gaplar tarqagan edi. Ushbu hodisa yuzasidan sud ishi oxiriga yetib, sirli qotillik haqida rasmiy ma’lumot berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining “Istiqlol va qonun” gazetasida xabar berilishicha, fuqaro Abdulla Tenelbayev Toshkent shahrida qurilish ishlarida yurib, o‘zining gaplashib yurgan qizi S. Qurolboyevaning boshqa yigitga turmushga chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni eshitgan. Darrov u qizga qo‘ng‘iroq qilib, voqeaga oydinlik kiritgan. U Toshkentdan Nukus shahriga S.Qurolboyeva o‘qiyotgan oliygohga borgan.
So‘ng har ikkisi avval berilgan “agar turmush qurmasa, o‘z joniga qasd qilish” va’dasini amalga oshirishga kelishgan. Ertasi kuni bu ishni amalga oshirishga kelishgan juftliklar qabristonga borgan. A. Tenelbayev bozordan o‘ziga pichoq sotib olgan. Belgilangan joyga kelgach, Abdulla S.Qurolboyevaning turmush o‘rtog‘iga telefonda “sen qilgan xatoni tuzatmoqchiman, u senga ham, menga ham yo‘q. Biz bir birimizni o‘ldirmoqchimiz”, deb eslatgan.
Dastlab A. Tenelbayev qizning chap ko‘krak qismiga ikki marta, bo‘yin va qorniga uch marta pichoq urgan. Uning joni uzilayotganini ko‘rib, u o‘zini ham pichoqlagan. Ammo voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam tufayli A. Tenelbayevning hayoti saqlab qolingan.
Ushbu holat bo‘yicha olib borilgan sud ishida Abdulla Tenelbayevga Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi