Turmush o‘rtog‘imga qarshi ayblovlar Lukashenkoning shaxsiy qasosi – Tixanovskaya 

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiyga qo‘yilgan ayblovlarni Prezident Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy qasosi deb atadi. 

"Sergeyga qo‘yilgan ayblovlar sud emas, balki qasos. Bu ishni birlashtirgan sudyalar, tergovchilar va prokurorlarga aytmoqchiman: men tushunamanki, siz o‘sha rejim ostida hech narsani hal qilmayapsiz. Ammo hozir sizning qo‘llaringiz bilan ular belaruslarning haqiqiy yetakchisiga aylangan kishidan shaxsiy qasoslarini olmoqda", degan Tixanovskaya o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan bayonotida. 

Shuningdek, Tixanovskaya erining taslim bo‘lmasligini aytgan. 

"Sergey yengilmaydi va taslim bo‘lmaydi. U belaruslar kurashni davom ettirishini biladi va siyosiy hukmlar va ta’qiblardan o‘tgan har bir odam qayta tiklanishini tushunadi", degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, bloger Sergey Tixanovskiy Belarus Jinoyat kodeksining to‘rtta moddasi bo‘yicha: ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish, ijtimoiy nafratni qo‘zg‘atish, MSK ishiga to‘sqinlik qilish va jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzadigan harakatlarni uyushtirishda ayblanmoqda. 

Tixanovskiy o‘tgan yilning 29 mayida Grodno shahrida rafiqasi Svetlana Tixanovskayaning prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlovchi piketda hibsga olingan. O‘shandan beri u hibsda qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko Tixanovskaya

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing