Turmush o‘rtog‘iga kamdan kam hamroh bo‘luvchi birinchi xonim 50 yoshni qarshiladi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp o‘zining yubileyini Oq uyda, oila davrasida nishonlaydi. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimida u tug‘ilgan kunini Donald Tramp va ularning 14 yoshli o‘g‘li Berron bilan o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu haqda 26 aprel kuni birinchi xonimning matbuot kotibi Stefani Grishem ma’lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar ilova qilingan ko‘plab tabriklar tabriklar paydo bo‘ldi. “Amerika bunday birinchi xonimni borligidan xursand”, deb yozdi Trampning yangi vakili Keyli Makineni Twitter'dagi sahifasida. Prezidentning o‘zi, shuningdek, turmush o‘rtog‘ini rasmiy sahifasi orqali tabrikladi. “Bizning ajoyib birinchi xonimimiz Melaniyaning tug‘ilgan kuni bilan”, deb yozgan edi u.

Melaniya Tramp (qizlik sharifi Knavs) 1970 yilning 26 aprel kuni Sloveniyaning Novo-Mesto shahrida tug‘ilgan. 16 yoshidan u modellik biznesida o‘z faoliyatini boshlagan, Milan va Parijdagi shoularda ishtirok etgan. U Donald Tramp bilan 1999 yilda, “Allure” jurnalida ishlaganida tanishgan. 2005 yilda ular turmush qurishdi, 2006 yilda Berron ismli o‘g‘il ko‘rishdi. 2016 yilgi saylovlarda Donald Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan so‘ng, u AQSHning birinchi xonimiga aylandi.

“The Washington Post” gazetasi prezidentning rafiqasi mamlakat tarixidagi matbuot bilan munosabatdagi eng uyatchan birinchi xonim ekanligi haqida yozdi. “U jamoat tadbirlarida o‘zini noqulay his qiladi. U kamdan-kam eriga hamroh bo‘ladi, kattalarga qaraganda bolalar bilan tez-tez muloqot qiladi va deyarli hech qachon intervyu bermaydi”, deb yozadi gazeta.

Amerika OAVlariga ko‘ra, Melaniya juda ko‘p xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi, shifoxonalarga tez-tez tashrif buyuradi va bolalarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi Be Best (Eng yaxshisi bo‘l)  dasturi haqida so‘zlab beradi. Koronavirusning tarqalishi bilan birinchi xonim ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya paytida o‘zini tutish bo‘yicha tavsiyalarni faol ravishda e’lon qila boshladi. Biroq bu ishlarning barchasi ham amerikaliklarning qo‘llab-quvvatloviga erishmayapti, ko‘pchilik uning hozirgi bayonotlari va fotosuratlarini tanqid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Melaniya Tramp

Baholaganlar

610

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing