Turli soha xodimlari paxta terimiga majburiy jalb etilayotgani aytilmoqda

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida paxta yig‘im-terimi ishlariga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid ayrim xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan har qanday ko‘rinishdagi majburiy mehnatga jalb etish, ishchilar uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni zudlik bilan o‘rganilishi, bartaraf etilishi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi nazoratga olingan.

Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi milliy qonunchilik bilan tartibga solingan, ushbu qilmish uchun jinoiy javobgarlik belgilangani eslatib o‘tilgan.

“Aziz yurtdoshlar, agar Siz majburiy tarzda biror bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi”, deyiladi komissiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida “Cotton Campaign” koalitsiyasi o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan boykotni bekor qilgandi. Boykot 2009 yilda paxta terimida muntazam ravishda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanilgani uchun joriy etilgandi. Bu esa o‘zbek paxtasining xalqaro bozordagi qadriga jiddiy putur yetkazib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta terimi

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing