Turkmanistondagi fohishalik va erta turmushga oid statistika oshkor qilindi
Olam
−
16 fevral
35791Turkmanistonda fohishalik va erta turmushga oid rasmiy statistik ma’lumotlar e’lon qilindi. Bu raqamlar 2 fevral kuni ayollar huquqlari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘tkazilgan hisobot taqdimotida ma’lum qilindi.
Muhokama chog‘ida 2019 yilda huquq-tartibot idoralari tomonidan fohishalik ekspluatatsiyasi bo‘yicha 89 ta, 2023 yilda esa 47 ta holat aniqlangani ochiqlandi.
Qayd etish joizki, ushbu statistikada aynan nima nazarda tutilayotgani aniq emas. Masalan, faqat fohishalik bilan shug‘ullanish, fohishaxonalarni saqlash, sutenyorlikmi (Jinoyat kodeksining 137-140-moddalari) yoki fohishalikning o‘zimi (136-modda), bunga aniqlik kiritilmagan.
Shuningdek, BMT erta nikoh muammosini ham muhokama qilgan.
Turkmanistonning Oila kodeksiga ko‘ra, alohida hollarda nikoh yoshi 18 yoshdan 17 yoshgacha kamaytirilishi mumkin.
BMT so‘nggi yillarda bunday yosh turmush qurganlarning soni 0,02-0,04 foizni tashkil etishini ma’lum qildi. Bular asosan qizlar bo‘lsada, ba’zida 17 yoshli yigitlar ham bor.
2 fevral kuni ayollar huquqlari bo‘yicha hisobot taqdimotida Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Myaxri Byashimova so‘zga chiqib, ayollarni marslik deb atagan va ularga to‘liq huquqlar berishni o‘zga sayyoraliklar bosqiniga qiyoslash mumkinligini aytgan.
LiveBarchasi