Turkmanistonda O‘zbekistonga gaz yetkazish uzilishida aybdor amaldor 8 yilga qamaldi 

Olam

image

“Turkmangaz” boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari shu yilning yanvar oyida, anomal sovuq vaqtida sodir bo‘lgan gaz ta’minoti tizimidagi avariya ortidan 8 yilga qamaldi. Bu haqda “Turkmen.news” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, “Turkmangaz” raisining sobiq o‘rinbosari Atamurat Chariyev “Galkinish” konida sodir bo‘lgan avariyada aybli deb topilib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Sud qachon va qayerda bo‘lib o‘tgani hozircha noma’lum. 

Qamoq jazosidan tashqari, unga nisbatan katta miqdordagi moliyaviy da’vo ham qo‘zg‘atilgan. 

“Galkinish”dagi avariya oqibatida anomal sovuq vaqtida O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bir necha kunga to‘xtab qolgandi. 

Mamlakat rasmiy ommaviy axborot vositalarida avariya bo‘yicha hukm chiqarilgani haqida xabar berilmagan. Turkmaniston hukumati qo‘shni davlatga gaz yetkazib berishning uzilishini o‘z fuqarolaridan yashirishga harakat qilgani aytilmoqda. 

Xabarlarga ko‘ra, ushbu ishda aybli deb topilgan qolgan mansabdorlarning taqdiri hozircha noma’lum. 

Kondan gaz yetkazib berishning to‘xtab qolishiga muzlashga qarshi reagentlarning yetishmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan. 2019-2021 yillarda xuddi shunday reagentlarning sotib olinishiga javobgar bo‘lgan Chariyev qimmat “antifriz”lar sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgan va aksincha o‘rniga arzon analoglarni xarid qilganlikda ayblangan. U bu orqali o‘zlashtirgan mablag‘ini “Turkmangaz”ning o‘sha paytdagi rahbari Murod Archayev va gaz qazib olish boshqarmasi boshlig‘i Gadam Oraniyazov bilan bo‘lishgan. 

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida O‘zbekistonga gaz yetkazib berish to‘xtab qolishi ortidan “Turkmangaz”ning olti mansabdori hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing