Turkmanistonda O‘zbekistonga elektr energiya eksportini oshiruvchi elektrostansiya ishga tushirildi
Olam
−
04 Sentabr 2021
5568Kecha, 3 sentyabr kuni Turkmanistonning Lebap viloyatida quvvati 432 megavatt bo‘lgan gaz turbinali elektrostansiya ishga tushirildi.
Ta’kidlanishicha, bu Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan, Afg‘oniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshiradi.
Mazkur ob’ektning ochilish marosimida Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Charimirat Purchekov va Yaponiyaning Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Kiyosi Edzima ishtirok etgan.
Loyiha Turkmaniston Energetika vazirligining “Turkmanenergo” davlat korporatsiyasi tomonidan xorijiy hamkorlar — Sumitomo Corporation va Mitsubishi Power Ltd (Yaponiya), Rönesans Holding (Turkiya) kompaniyalari bilan amalga oshirilgan.
Elektrostansiya Yaponiyaning mashhur Mitsubishi Power Ltd kompaniyasining gaz turbinalari bilan jihozlangan bo‘lib, bunday texnologiyalar mamlakat elektr energetikasi tarixida birinchi marta qo‘llanilmoqda. U yerda har biri 144 megavatt quvvatga ega uchta gaz turbina generatori o‘rnatilgan.
Bungacha Turkmanistondagi barcha gaz elektrostansiyalari Amerikaning General Electric kompaniyasining turbinalari bilan jihozlangan.
Bugungi kunga kelib, Turkmanistonda ishlaydigan barcha elektrostansiyalarining umumiy quvvati 6511 megavattni tashkil etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston qaysi davlatlardan elektr import qilishi haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi