Turkmanistonda tibbiy niqob taqayotganlar ko‘paymoqda. Bu nimani anglatadi?
Olam
−
06 iyul 2020
132096 iyul kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda shahar avtobuslari, mikroavtobus haydovchilari va davlat taksilarining haydovchilari tibbiy niqoblar taqqan holda ishga chiqdi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, shunga o‘xshash buyruq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Turkmanistonga bo‘lajak tashrifi munosabati bilan qabul qilingan.
Avvalroq, "Turkmen.news" nashri bozorlarda va boshqa jamoat joylarida niqobli odamlar soni ko‘paygani haqida xabar bergan edi. Xabar qilinishicha, Ashxoboddagi bozorlardan birida sotuvchi va xaridorlarning qariyb 30 foizi niqob taqishmoqda. Mahalliy ishlab chiqarilgan antiseptik va nam salfetkalar mamlakatda arzon narxlarda sotilmoqda.
Turkmanistonda rasmiy ravishda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar yo‘q, ammo so‘nggi haftalarda pnevmoniyadan kasallanish va o‘lim holatlari ko‘paymoqda. Shaxsiy suhbatlarda turli darajadagi shifokorlar koronavirus testlarining ko‘plab ijobiy natijalari borligini aytishadi, ammo ular qayd etilmaydi. Bemorlar “Polimeks” qurilish kompaniyasining yangi tashkil etilgan karantin lageriga yuboriladi.
Avvalroq, “Xroniki Turkmenistana” nashri Ashxobodda 6 kishi koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edi.
LiveBarchasi