Koronavirus Turkmanistonga ham kirib bordi – OAV
Olam
−
24 iyun 2020
19764Uzoq vaqtdan beri koronavirusdan holi davlat bo‘lib kelayotgan Turkmanistonda COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etildi. “Xroniki Turkmenistana” nashrining xabar berishicha, poytaxt Ashxobodda 6 kishida koronavirus aniqlandi, ulardan 3 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.
“Ashxoboddagi S.A.Niyozov nomidagi Turkmaniston davolash-maslahat markazining olti nafar xodimi COVID-19 infeksiyasiga chalindi. Ularning uch nafari o‘rtacha og‘ir ahvolda”, deyiladi xabarda.
Markazda yuqumli kasalliklar bo‘limi bo‘lmagani uchun, bemorlarning bir qismi Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirilgan. Qolganlar esa Ahal viloyatida oldindan tayyorlangan karantin markaziga joylashtirilgan.
Qayd etish kerakki, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi brifing va seminarlarda mamlakatda koronavirus yo‘qligini ta’kidlab kelyapti
Ma’lumot uchun, ushbu markaz Turkmanistondagi eng yirik tibbiy muassasalardan biri hisoblanib, unda yil davomida o‘n minglab odamlar tashxislash va davolanishdan o‘tadi.
LiveBarchasi