Markaziy Osiyoda eng xavfli epidemiologik vaziyat Turmanistonda deb topildi – reyting

Olam

image

Deep knowledge group reytingiga ko‘ra, Turkmanistondagi epidemiologik vaziyat, mamlakatda COVID-19 yo‘qligi e’lon qilingan bo‘lsada, Markaziy Osiyoda eng xavfli, deb tan olindi.

Rasmiy ravishda koronavirus infeksiyasi e’lon qilinmagan Turkmaniston reytinga 131-o‘rinda qayd etilgan. Qozog‘iston 71-o‘rinni, Qirg‘iziston 108-o‘rinni, O‘zbekiston 121-o‘rinni, Tojikiston 124-o‘rinlarni egallagan.

Koronavirus pandemiyasi fonida epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan eng xavfsiz davlatlar Shveysariya, Germaniya, Isroil, Singapur va Yaponiya deb hisoblangan. 200 mamlakat reytingida so‘nggi o‘rinlarda Liberiya, Afg‘oniston, Chad, Mali, Ruanda va Janubiy Sudan nomlari keltirilgan.

Ma’lumot uchun, Deep knowledge group reytingi karantin tadbirlarining samaradorligi, monitoring, tashxis va sog‘liqni saqlash tizimining tayyorligi kabi omillarni hisobga olgan holda 130 parametrga asoslanib tuziladi.

Turkmaniston rahbariyati mamlakatda COVID-19 yo‘qligini e’lon qilishni davom etmoqda. Shu bilan birga, JSSTning infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha asosiy tavsiyalari, shu jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqoblar va respiratorlarni taqish kabi bir qator gigiyena choralari bajarilmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun JSST ekspertlar missiyasi Turkmanistonga tashrif buyurmoqchi. Xalqaro ekspertlarning aprel oxiriga rejalashtirilgan ushbu mamlakatga tashrifi hali amalga oshirilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkmanistonda

Baholaganlar

641

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing