Turkmanistonda talabalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlandi 

Olam

image

Turkmanistonlik talabalardan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaslik so‘raldi va AQSHga ketishga uringanlik uchun ularni o‘qishdan chetlatish bilan tahdid qilindi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar bergan.  

Xabarga ko‘ra, Turkmanoboddagi Seidnazar Seidiy nomidagi davlat pedagogika institutida talabalarning axloqiy fazilatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda institut rektori yaqinda 3 nafar talaba turkmanistonlik talaba nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlar sodir etgan holda qo‘lga olinganini aytgan. 

Prokuratura vakili xorijiy internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta’siri haqida gapirib, talabalardan bunday resurslar va VPN’lardan foydalanmaslikni, shuningdek darslarga mobil telefon olib kelmaslikni so‘ragan. 

Rektor, shuningdek Amerikaning Green Card lotereyasining talabalar o‘rtasida mashhurligiga e’tibor qaratgan va ularga mamlakatni tark etishga urinilgan holda o‘qishdan chetlatish bilan tahdid qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilda turkmanistonlik talabalarning institutlarga shaxsiy avtomobillari va taksilarda kelishi, tungi klublar, kafe va restoranlarga borishi taqiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

taqiq talabalar

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing