Turkmanistonda ob-havoning “qizil” darajali xavfi e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkmanistonning asosiy qismida hafta o‘rtalariga qadar ob-havoning “qizil darajali” xavfi e’lon qilindi. Bu haqda meteorolog Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yangi haftaning juma kuniga qadar, Turkmanistonning ko‘plab hududlarida havo harorati +45…+48 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

“Mazkur issiq havo to‘lqini uzoq muddat deyarli harakatsiz past bosimli o‘ta issiq havo oqimi ta’sirida yuz beradi. “Termik depressiya” deya nom olgan bu havo oqimi kelayotgan hafta O‘zbekiston ob-havosini ham belgilaydi”, deydi mutaxassis.

Yangi haftaning juma kunlaridan boshlab, Markaziy Osiyoning g‘arbiga Kavkaz, Volgabo‘yi hamda Kaspiy dengizi ustidan shimoli-g‘arbiy sovuq havo oqimining “bostirib” kelishi Turkmaniston shimoli g‘arbi, xususan, O‘zbekistonning shimoliga ham yangi haftaning dam olish kunlari salqin ob-havoni taqdim etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

1189

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing