Turkmanistonda masjidlar yopildi

Olam

image

Rasman koronavirus aniqlanmagan Turkmanistonda masjid, cherkov va boshqa diniy muassasalar, savdo markazlari va yirik bozorlar yopildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Din ishlar bo‘yicha kengash muassasalar virusli infeksiyalarning tarqalishiga qarshi profilaktika ishlari olib borish uchun yopilganini ma’lum qilgan. Masjidlar qachon ochilishi hozircha noma’lum.

Masjidlardan tashqari, poytaxt Ashxobodda bir haftaga kafe va restoranlar ham yopilgan. Ko‘p qavatli uylar kirish qismiga jamoat joylariga bormaslik haqida ogohlantirishlar yopishitirilgan.

Avvalroq, Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan bo‘lsa ham niqob taqish majburiy qilib qo‘yilgandi.

Yaqinda mamlakatda bo‘lgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti missiyasi Turkmanistonda koronavirus bor deb ishonch bilan ayta olmadi. Ammo mamlakat huddi koronavirus bordek choralarni ko‘rishi kerakligini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

296

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing