Turkmanistonda ikki palatali parlament tashkil qilinadi
Olam
−
25 Sentabr 2020
4877Bugun, 25 sentyabr kuni Turkmaniston Xalq maslahati “Turkmaniston Konstitutsiyasiga o‘zshartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Unga ko‘ra, mamlakatda ikki palatali parlament tizimiga o‘tish ko‘zda tutilgan.
Xalq maslahati majlisi dunyoda tarqalgan koronavirus infeksiyasi sabab masofaviy shaklda o‘tkazildi. Konstitutsion qonun muhokamasidan keyin majlisga rislik qilayotgan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov uni ovozga qo‘ydi. Loyiha bir ovozdan ma’qullandi. Berdimuhamedov Xalq maslahati raisi sifatida uni imzoladi.
“Biz Konstitutsion qonunning qabul qilinishi mamlakatimizni demokratlashtirishda muhim qadar bo‘ladi. Men Turkmaniston xalq Maslahati xalqimizni birlashtirib, uni yuqori marralarga yo‘naltiruvchi umummilliy vakillik organi bo‘lishiga mutlaq ishonaman”, deya ta’kidlagan Berdimuhmedov.
Ma’qullangan qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, Turkmanistonning ikki palatali parlamenti Milliy Kengash deb ataladi. Loyihada u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy vakillik organi etib belgilangan. Milliy Kengash ikki palatadan – Xalq maslahati (yuqori) va Majlisdan (quyi) iborat bo‘ladi.
LiveBarchasi