Turkmanistonda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgani rad etildi

Olam

image

Turkmanistonning Qozog‘istondagi elchisi Batir Rejepov Ashxobodda qurolli davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganini rad etdi. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.

“Bu ma’lumot soxta, u haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, tasdiqlanmagan“, degan elchi Batir Rejepov.

Shuningdek, u mamlakatda va Ashxobodning o‘zida vaziyat tinchligini, vakolatli organlar bu kabi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish ortida kim va nima turganini tez orada aniqlashini ta’kidlagan.

“Yaqinda, 29 iyun kuni mamlakatimizda yangi “Arkadag‘” shahrining ochilishi sharafiga tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Qozog‘istondan hukumat vakillari ham bor edi. Bu yerda bunaqa narsa bo‘lmagan. Hammasi tinch, hammasi normal rejimda”, degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Turkmanistonda qurolli davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Uni maxsus xizmatlar to‘xtatib, asosan Mari viloyatidan bo‘lgan 20 nafar turkman fuqarosini qo‘lga olgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston davlat to'ntarishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing