Turkmanistonda BMT konferensiyasi boshlandi
Jamiyat
−
05 avgust 3530 1 daqiqa
Bugun, 5 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi Avaza kurort zonasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha konferensiya qatnashchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
BMT konferensiyasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ishtirok etmoqda.

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov konferensiya ishtirokchilarini rasman kutib oldi.
Avazada bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformatsiya, iqlim o‘zgarishiga va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlilikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Live
Barchasi