Turkmanistonda haydovchilarning tana haroratini o‘lchash usuli o‘zgardi

Olam

image

Turkmanistonning shaharlararo avtomobil yo‘llarining nazorat punktlarida haydovchilar va yo‘lovchilarning harorati avvalgidek ehtiyotkorlik bilan tekshirilmayapti.

“Turkmaniston xronikasi” nashriga ko‘ra, bir oy oldin Ashxobodga kiraverishda koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qarshi himoya choralaridan biri sifatida poytaxtga borayotgan barcha haydovchilarning haroratini tekshirilgan. Yo‘lovchilar, shu jumladan, shaharlararo avtobuslar faqat vizual tarzda ko‘zdan kechirilgan. Bu tirbandlikka olib keldi va odamlar bunday tekshiruvlar “ko‘zbo‘yamachilik” ekanligini aytib, norozi bo‘lishdi. Ularning fikricha, bu choralar koronavirus tarqalishining oldini olishga yordam bermaydi.

Nashr jurnalistlarining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar endi kamroq o‘tkaziladi. Masalan, Mari-Ashxobod magistralida avtomobillar tanlab to‘xtatiladi. Haydovchining haroratini bemalol o‘lchashlari yoki hatto mashinada bemorlar bormi, degan savol bilan cheklanishlari mumkin.

Ba’zi haydovchilarga ko‘ra, mamlakat rasmiylari tirbandliklar salbiy manzarani hosil qilishini tushunishdi. Boshqalarning aytishicha, politsiya barcha transport vositalarini tekshirishdan charchagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing