Turkmaniston va Xitoy YeOIIga neft mahsulotlari yetkazib beruvchiga aylanishi mumkin

Olam

image

Turkmaniston va Xitoyning neftni qayta ishlash zavodlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hududiga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchiga aylanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev bugun, 4 oktyabr kuni ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi. 

“Umuman olganda, YeOII hududiga neft mahsulotlarini olib kirish bilan bog‘liq ma’lum qoidalar mavjud. Bizning hududimizga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi zavodlar Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi talablariga muvofiq sertifikatlangan bo‘lishi kerak”, deydi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim zavodlar tegishli sertifikatlarni olish niyatini bildirgan.  

“YeOII hududiga neft mahsulotlarini yetkazib beruvchi potensial davlatlar qatorida Turkmaniston va Xitoy Xalq Respublikasining neftni qayta ishlash zavodlarini ko‘rmoqdamiz. Bu jarayon ish tartibida davom etmoqda”, deya tushuntirdi vazir Qozog‘iston Rossiyaga neft mahsulotlari importining muqobil manbalarini ko‘rib chiqyaptimi, degan savolga javob berib.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ushbu brifingda Qozog‘iston 2023 yil oktyabr oyidan boshlab Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilishni rejalashtirayotganini aytgan edi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘tgan yil 11 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi onlayn sammitida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan edi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

EOII Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made