Turkmaniston O‘zbekistondan chigit olib, yog‘ zavodini “jonlantirdi”

Olam

image

Turkmanistonning Axal viloyatidagi yog‘ ishlab chiqarish zavodi O‘zbekistondan chigit import qilib ishlab chiqarishni tikladi. Bu haqda “Xronika Turkmaniston” nashri xabar berdi.

Turkmaniston temir yo‘llari transport-logistikasi markazi xodimining so‘zlariga ko‘ra,  har kuni O‘zbekistondan 5-10 vagon xomashyo keltirilyapti. Ta’kidlanishicha, bir necha yildan beri oktyabr-fevral oylarida O‘zbekistondan paxta chigiti sotib olinadi. Shuningdek, chigit avtotransportda ham tashiladi. Ahaldagi zavod sutkasiga 300 tonnagacha xomashyoni qayta ishlay oladi.

O‘z navbatida Turkmaniston O‘zbekistonga benzin yuboradi. Shu yildan gazdan ishlangan benzin yuborish yo‘lga qo‘yilgan. 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, “Axal” yog‘ining sifati yaxshiligi uchun ham u O‘zbekistondan olib kelingan oliy navli paxta chigitidan ishlab chiqariladi.

Ammo “Axal” yog‘i hamon sotuvga chiqarilmagan. Davlat do‘konlarida boshqa markali o‘simlik yog‘ini sotib olish qiyin. Hozir haftada ikki marta “Turkmanobod” yog‘i sotilyapti.

Sotuvchilar esa yog‘ning kamligidan fodalanib xaridorlarga yarim litrli tozalangan suvni majburlab sotishni yo‘lga qo‘ygan. Xaridorlar 3,40 manat turuvchi yog‘ va 1 manatli suv uchun 5 manat to‘lashi kerak bo‘lyapti. Agar kimdir e’tiroz bildirsa mahsulot navbatdagi mijozga sotib yuborilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

chigit O'zbekiston-Turkmaniston

Baholaganlar

97

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing