Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi
Jamiyat
−
12 fevral
4308Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi. Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urug‘lik chigitni olib kelish topshirildi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyeyov raisligida o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi.
Lekin shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir to‘xtamga kelib, qayerdan, qanday navli urug‘ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urug‘lik chigitni olib kelish topshirildi. Umuman, joriy yilda 100 ming gektarda yuqori hosildor xorijiy paxta navlarini ekish muhimligi ta’kidlandi.
O‘tgan yili g‘alla hosili ilk bor 8 million tonnaga yetdi.
Fermerlar manfaatdorligini yanada oshirish uchun bu yil g‘allachilikda ham yangiliklar qilinishi ta’kidlandi.
Joriy yilda paxtadagi kabi g‘allada ham imtiyozli kreditni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi.
Bundan tashqari, davlat resursi uchun xarid qilingan bug‘doyni daladan tashib kelish va saqlash xarajati 2024 yilda ham to‘liq byudjetdan qoplanadi.
LiveBarchasi