Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston Ittifoq davlatiga qo‘shiladi – Lukashenko

Olam

image

Rossiya va Belarus Ittifoq davlatiga kelgusida sobiq SSSR tarkibiga kirgan boshqa respublikalar ham qo‘shiladi. Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev bilan uchrashuvda shunday fikr bildirdi, deb yozmoqda "Sputnik".

Oxirgi vaqtlarda tuturuqsiz bayonotlar berayotgan Lukashenko postsovet respublikalari Ittifoq davlatiga qo‘shilishiga ishonmoqda.

“O‘ylashimcha, Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston ham iqtisodiy zaruriyatdan kelib chiqib, qo‘shiladi. Armanistonning ham boradigan joyi yo‘q”, degan Lukashenko.

Qayd etish kerakki, Lukashenko birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga qo‘shilishi haqida fikr bildirmayapti. Bundan oldin rossiyalik jurnalist Vladimir Solovyovga bergan intervyusida u O‘zbekiston iqtisodiy zarurat tufayli Rossiya va Belarusning Ittifoq davlati tarkibiga kirishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lukashenko Qozog‘istonda yanvar boshida yuz bergan hodisalardan qo‘shni O‘zbekiston ham o‘ziga yetarlicha saboq chiqarib olishi kerakligi haqida fikr bildirgan.

Uning so‘zlariga javoban O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat har qanday tashqi tahdidlarga qarshi munosib javob qaytara olishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

1925

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing