Turkmaniston Prezidenti amaldorlarga “yoshlarni kompyuterdan ajratib olishni” buyurdi
Olam
−
14 fevral 2020
8689Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat vakillariga mamlakatning yosh avlodini sport va ochiq o‘yinlarga jalb qilishga ko‘proq e’tibor berishni buyurdi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot xizmati xabar berdi.
Turkmaniston rahbarining ta’kidlashicha, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bolalar va o‘spirinlarni kompyuter, planshet va mobil telefonlarga ko‘proq vaqt sarflashiga olib kelmoqda.
“Bu illat odamni kam harakat qilishiga va jismoniy faoliyatsiz holatda bo‘lishiga olib keladi. Shunga o‘xshash turmush tarzi odamning ko‘rish qobiliyatiga ta’sir qiladi, u semirib ketadi va boshqa sog‘liq muammolari paydo bo‘ladi. Ushbu masalani hal qilish davlat va butun jamiyatning dolzarb vazifasidir", deb ta’kidladi aslida kasbi shifokor bo‘lgan Berdimuhamedov.
Arqadag‘ avval ham bir biriga o‘xshamas qarorlar qabul qilgan edi. Poytaxtda 300 metrlik yodgorlik qurish hamda amaldorlarning sochlarini rangi bo‘yicha qarorlar shular jumlasidandir.
Nurulloh Sharipov