Turkmaniston xalqaro parvozlarni yana bir oy tiklamaydigan bo‘ldi

Olam

image

“Turkman havo yo‘llari” aviakompaniyasi koronavirus pandemiyasi sabab barcha xalqaro aviaparvozlarga o‘rnatilgan cheklovni yana 1 oyga 20 iyulgacha uzaytirdi. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy sahifasida xabar qilindi.

“COVID-19 koronavirus pandemiyasi munosabati bilan aviakompaniyaning barcha xalqaro parvozlari 2020 yilning 20 iyultgacha (shu kun ham) bekor qilinadi”, deyilgan saytda.

Avvalroq, “Turkman havo yo‘llari” barcha xalqaro parvozlarni 20 iyungacha bekor qilgandi.

Qayd etish kerakki, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing