Turkmaniston dunyo bo‘ylab o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirdi
Olam
−
08 avgust 2023
3267Joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Turkmaniston “Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda o‘lim jazosidan xoli hudud to‘g‘risidagi bitim”ni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif qiladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi saytida keltirilgan hujjatda aytiladi.
“Turkmaniston Markaziy Osiyo mintaqasi va Mo‘g‘uliston uchun “Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda o‘lim jazosidan xoli zona to‘g‘risidagi bitim” xalqaro huquqiy hujjatini ishlab chiqish va qabul qilishni ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda. Kelajakda bunday hujjat butun dunyo bo‘ylab o‘lim jazosini bekor qilishga ko‘maklashish maqsadida ushbu mintaqa tashabbusi bilan O‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqish va qabul qilish uchun asos yaratishi mumkin”, deyiladi hujjatda.
Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Turkmaniston Markaziy Osiyoda o‘lim jazosini bekor qilgan birinchi davlat bo‘lganini eslatgan.
“Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘uliston o‘lim jazosidan ozod bo‘lgan birinchi mintaqa bo‘lish salohiyatiga ega”, deyiladi saytda keltirilgan hujjatda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda 20 mamlakatda jami 883 kishiga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilgan bo‘lib, bu 2021 yildan beri 53 foizga o‘sgan. O‘lim jazosi hali bekor qilinmagan davlatlar ro‘yxatini quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.
LiveBarchasi