Qaysi mamlakatlarda hali ham o‘lim jazosi mavjud? (ro‘yxat)

Olam

image

2022 yilda 20 mamlakatda jami 883 kishiga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilgan bo‘lib, bu 2021 yildan beri 53 foizga o‘sgan. Bu haqda “Amnesty International” tashkiloti saytida keltirilgan.

Amnesty International va Death Penalty Info ma’lumotlariga ko‘ra, 70 dan ortiq mamlakatlar o‘lim jazosini qonunchilik darajasida bekor qilmagan.

2022 yilda ro‘yxatga olingan qatllar besh yil ichida jahon miqyosida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan.

O‘tgan yili 20 mamlakatda jami 883 kishi qatl etilgan bo‘lib, bu 2021 yildan beri 53 foizga o‘sgan. Qatl qilish jazosini qo‘llashda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi davlatlar yetakchilik qilgan.

2022 yilda beshta davlatda – Afg‘oniston, Quvayt, Myanma, Falastin davlati va Singapurda qatl qilish qayta tiklangan. Shu bilan birga Eron, Saudiya Arabistoni va AQSHda ham o‘lim jazolari ko‘paygan. Ma’lum bo‘lgan qatllarning 40 foizga yaqini giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qo‘llangan.

O‘lim jazosi hali bekor qilinmagan davlatlar ro‘yxati va jazo ijro etilgan oxirgi yil:

Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda 2008 yilgacha o‘lim jazosi bo‘lgan. Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan 2005 yil 1 avgust kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmon bilan 2008 yilning 1 yanvardan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinib, uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘lim jazosi qonunni buzganlik uchun eng yuqori jazo hisoblanadi. Garchi dunyo bo‘ylab inson huquqlarini himoya qilish va o‘lim jazosining oldini olish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mavjud bo‘lsada, ba’zi mamlakatlarda o‘lim jazosi hamon faollar qo‘llanilmoqda. 

O‘lim jazosiga, asosan, davlatga xiyonat, urush jinoyatlari, terrorizm, kufr, gomoseksualizm, giyohvand moddalar kontrabandasi, qotillik, josuslik va boshqalar uchun hukm qilinadi.

Ba’zi mamlakatlar hukmni bajarish uchun ineksiyadan foydalanadi, boshqalari esa toshbo‘ron qilish, osish, boshini kesish va otish kabi amaliyotlarni qo‘llaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston O'zbekiston o'lim jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing