Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” bo‘ldi (video)
Jamiyat
−
16:47
1918O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilov Turkmanistonning “Hurmatli el yoshullisi” (“Hormatly il ýaşulusy”) unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tegishli farmoni qabul qilindi.
Bildirilishicha, Abdulaziz Komilov “Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, milliy an’analarni rivojlantirish, ma’naviy yaqinlik bog‘lagan ikki qardosh xalqning hamjihatligi va kuch-qudratini mustahkamlash, yosh avlod tarbiyasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi uzoq yillik munosabatlarni, siyosiy, iqtisodiy, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan katta shaxsiy hissasini uchun” taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabrda Yaponiya Imperatori Naruxito Abdulaziz Komilovni “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlagandi.
LiveBarchasi