Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Sverdlovsk viloyatida mushkul ahvolda qolgan bir oilaning besh nafar a’zosi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi. 

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan X.R. farzandlari bilan og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani sababli amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, X.R. joriy yilning sentyabr oyida turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan vaqtincha ishlash maqsadida Sverdlovsk viloyatiga borgan.

Oila boquvchisi sifatida uning turmush o‘rtog‘i Sverdlovsk viloyati Beloyarsk tumanida yakka tartibda qurilish firmalarida yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. Sverdlovsk viloyati huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida oila boquvchisi Rossiyada bo‘lish qoidasini buzgani sababli qo‘lga olingan va unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

O‘rganishlar natijasida R.X.ning turmush o‘rtog‘i vaqtincha ishlagan qurilish firmasida bir oylik ish haqi to‘lanmagani aniqlangan va u ish beruvchidan olib berilgan. Shuningdek, R.X. ga va uning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlariga Yekaterinburg-Toshkent aviareysiga chipta sotib olingan. 

Ular joriy yilning 10 dekabr kuni Yekaterinburg shahridagi “Kolsovo” xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga kuzatib quyilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari ko‘magida Novosibirsk va Moskva shaharlaridan xalqaro kelishuvlarga muvofiq 3 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing