O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini 20 ta medal bilan yakunladi

Sport

image

28 noyabr kuni Tailandda start olgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik bokschilar jami 20 ta medal jamg‘arib, yetakchilar safida bo‘ldi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda o‘zbek bokchilari 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 11 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasidagi janglarda O‘zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni band etdi.

Erkaklar o‘rtasida Shodiyorjon Meliqo‘ziyev, Asilbek Jalilov, Mirazizbek Mirzahalilov, Adhamjon Muhiddinov, Mujibillo Tursunov, Havasbek Asadullayev, Javohir Ummataliyev va To‘rabek Habibullayev, ayollardan esa Farzona Fozilova, Feruza Kazakova va Navbahor Hamidova o‘z vaznida qit’a chempioni degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi.

Shahzod Muzafarov, Jasurbek Yo‘ldoshev, Aziza Yakubova, Nigina O‘ktamova, Aziza Zokirova va Oltinoy Sotimboyeva kumush, Jahongir Zokirov, Sabina Boboqulova va Sohiba Ro‘zmetova bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston boks Osiyo chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing