Turklardan signal bo‘ldi – Rossiya TIV

Olam

image

Rossiya Turkiyadan mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Ukraina TIV rahbari Dmitriy Kuleba o‘rtasida yangi uchrashuv tashkil etish imkoniyati haqida so‘rov oldi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi.

“Turklardan shunday signal bo‘ldi”, degan u jurnalistlarning shu boradagi savoliga javoban.

U Rossiya hech qachon Ukraina tomoni bilan aloqalarni rad etmasligin, ammo bu aloqalar puxta va mazmunli bo‘lishi kerakligini qayd etgan.

“Biz [Ukraina bilan] aloqalarni hech qachon rad etmaymiz, lekin aloqalar tayyor va mazmunli bo‘lishi kerak”, degan vazir o‘rinbosari.

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘li Ukraina va Rossiya TIV rahbarlarini yana bir bor uchrashtirishga harakat boshlanganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.

Uchrashuvdan keyin Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Rossiya va Ukraina muzokaralaridan qoniqmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

308

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing