Turkiyaning nomdor klubi Shomurodovga taklif bilan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Turkiyaning “Beshiktosh” klubi “Roma” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirdi. Bu haqda “Sport  ekspress” nashri xabar berdi.

Turk klubi sport direktori Jeyhun Kazanchining so‘zlariga ko‘ra, “Beshiktosh” Shomurodovni bir yilga ijaraga olish taklifi bilan chiqqan.

“Iyun oyida “Roma” (vakillari) bilan uchrashgandik. Ammo keyin boshqa hujumchi xarid qildik. Endilikda hujumchi kerak emas. “Beshiktosh” futbolchini (Shomurodov) sotib olish imkoniyati bilan bir yillik ijara shartnomasi taklif qilgandi”, degan turk klubi sport direktori.

Qayd etish joizki, Rim klubi yozda Paulo Dibalani tarkibiga qo‘shib oldi. Qolaversa, “bo‘rilar” “Torino” bilan xayrlashgan Andre Belottini ham Rimga olib kelishmoqchi. Bu Eldor Shomurodovga berilayotgan kam o‘yin amaliyotini battar qisqartirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hozirda, “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov “Roma”

Baholaganlar

509

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing